Toşkent viloyati hokimi Zoir Toiroviç Erect quriliş kompaniyasi rahbarlari bilan birgalikda Nurafşon Business City hududida qurilib, eng birinçi foydalanişga topşirilgan Yangi Nurafşon turar joy majmuasini borib kördi.
Taşrif davomida hokim quriliş sifati, muhandislik kommunikatsiyalari holati va yangi köçib kelgan aholi uçun yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.
Şuningdek, yangi turar joy majmuasining infratuzilmaviy rivojlanişi hamda yanada qulay muhit yaratiş masalalari muhokama qilindi.
Zoir Toiroviç Erect quriliş kompaniyasiga va boşqa maʼsul taşkilotlarga quyidagi körsatmalarni berdi:
- Quriliş işlarini jadallaştiriş
- Sifatga alohida etibor qaratiş
- Aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda tizimli iş olib boriş böyiça körsatmalar berdilar